Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari tomonidan 2013-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan «Aziya Immunopreparat» korxonasiga borilib, uning faoliyati hamda mavjud muammolari o‘rganildi.
Mazkur korxona bakteriofaglar ishlab chiqarishda GMP standartlarini joriy etgan ilk korxonalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda u O‘zbekistonda bakteriofaglar ishlab chiqaruvchi yagona korxona bo‘lib, dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar (BFQ), veterinariya va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Uchrashuv davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlari, rivojlanish istiqbollari hamda faoliyatida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, mahsulot turlarini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.