• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
11.03.2026 21

Farmatsevtika sohasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–35-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, sohada malakali kadrlar tayyorlash, talabalarni korxonalarda amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish orqali ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirkorlar tomonidan sohada mavjud muammolar, amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Mas’ul rahbarlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ochiq muloqot farmatsevtika tarmog‘ida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, sohani barqaror rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

Farmatsevtika sohasida tadbirkorlar bilan ochiq...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab...

Ko'proq o'qish

“Pharma Eurasia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi...

Joriy yil 3 mart kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi...

Ko'proq o'qish

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy...

2026 yil 23 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentlig...

Ko'proq o'qish