• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
03.03.2026 23

“Pharma Eurasia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi

Gallery Image
Gallery Image

Joriy yil 3 mart kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda "Expo Tour Group" direktori Esmeralda Ablyaeva va "Tricornio Technologies" kompaniyasining vitse-prezidenti Harikrishnan Mohanan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida "Tashkent Pharma Park" farmatsevtika klasteri hududida joriy yilning 20–22 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Pharma Eurasia 2026” xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmasini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

➡️ tadbir konsepsiyasi va umumiy formati, ishtirokchilar qamrovi hamda masshtabi;

➡️ ko‘rgazma doirasidagi asosiy yo‘nalishlar va maqsadli auditoriya (ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, investorlar va boshqalar);

➡️ Agentlik tomonidan ko‘rsatiladigan amaliy ko‘mak turlari, jumladan davlat organlari va hamkor tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish, axborot-ma’rifiy qo‘llab-quvvatlash hamda ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

➡️ tashkiliy masalalar - logistika, maydon va pavilonlarni rejalashtirish, delegatsiyalar tashrifi, protokol tadbirlari hamda kommunikatsiya ishlari.

Uchrashuv yakunida tomonlar tadbirni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, ishchi reja va keyingi amaliy qadamlarni belgilash yuzasidan kelishuvga erishdilar.

 


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

Farmatsevtika sohasida tadbirkorlar bilan ochiq...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab...

Ko'proq o'qish

“Pharma Eurasia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi...

Joriy yil 3 mart kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi...

Ko'proq o'qish

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy...

2026 yil 23 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentlig...

Ko'proq o'qish