• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
23.02.2026 20

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Gallery Image
Gallery Image

2026 yil 23 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Ozarbayjon Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha savdo vakili Samad Xasanov ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, eksport va investitsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, kontrakt asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hamda texnologik hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ushbu yo‘nalishlarda aniq takliflarni ishlab chiqish va muzokaralarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida mehmonlarga Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasterida so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar taqdim etildi. Jumladan, klaster infratuzilmasini takomillashtirish, ishlab chiqarish va logistika imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, rezidentlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

Farmatsevtika sohasida tadbirkorlar bilan ochiq...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab...

Ko'proq o'qish

“Pharma Eurasia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi...

Joriy yil 3 mart kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi...

Ko'proq o'qish

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy...

2026 yil 23 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentlig...

Ko'proq o'qish