• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
10.02.2026 235

“WHX Dubai”: mahalliy farmatsevtika mahsulotlari xalqaro maydonda!

Gallery Image
Gallery Image

Bugun 9-fevral kuni Birlashgan Arab Amirning Dubay shahrida farmatsevtika mahsulotlari sohasidagi dunyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri — “WHX Dubai 2026” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ish faoliyatini boshladi.


Mazkur nufuzli tadbirda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamda Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan 84 kv.m maydonda tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” yagona milliy stendi orqali mamlakatimizning farmatsevtika sohasidagi salohiyati keng namoyish etilmoqda.


🇺🇿 Milliy ekspozitsiya doirasida 12 dan ziyod mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z mahsulotlarini xalqaro xaridorlar va potensial hamkorlarga taqdim etmoqda.


✔️ “WHX Dubai 2026” ko'rgazmasi doirasidagi ishtirok etayotgan mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun yangi xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda “Made in Uzbekistan” brendini jahon bozorida yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.


O‘zbekiston ekspozitsiyasi "Dubai Exhibition Center" ko‘rgazma markazida, Hall S13, F59 stendida joylashgan.

Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

UZGERMEDPHARM MCHJ QK korxonasiga Farmatsevtika...

UZGERMEDPHARM MCHJ QK korxonasiga Toshkent Farmatsevtika instituti Dorilarning Sanoat Texnologiya...

Ko'proq o'qish

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan...

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan 1-sex faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Jaray...

Ko'proq o'qish

Farmatsevtika tarmog‘ida energiya samaradorligini oshirish...

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan joriy yil da...

Ko'proq o'qish