• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
23.01.2026 116

Yevro GMP xalqaro konsultantlarining ishchi tashrifi

Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image

Mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarini Yevro GMP talablariga moslashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarida sifatni oshirish hamda mahsulotlarning xalqaro bozorlarga chiqish salohiyatini kuchaytirish maqsadida, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Pharm Service” DM tashabbusi bilan O‘zbekistonda Yevro GMP bo‘yicha xalqaro konsultantlarning ishchi tashrifi tashkil etildi.

Mazkur tashrif doirasida “Bion Healthcare” kompaniyasi bilan hamkorlikda qator mahalliy farmatsevtika korxonalarida boshlang‘ich (initial) audit va diagnostika baholash ishlari amalga oshirildi. Auditlar xalqaro tajribaga ega yetakchi mutaxassislar Dr. Gyan Prakash Ujalayan (BHPL, Hindiston), Dr. Ferenc Lukacs (Vengriya, NNGYK inspeksiya tizimining sobiq rahbari), shuningdek SPM (Hindiston) kompaniyasi ekspertlari Mr. Subhah Parkhey va Mr. Manoj Dubay ishtirokida o‘tkazildi.

Ishchi tashrif davomida “Serene healthcare” MChJ XK, “Dentafill plyus” MChJ, “Radiks” MChJ, “Laxisam pharmaceuticals” MChJ, «River med pharm» MChJ hamda “Jurabek laboratories” MChJ QK korxonalarida ishlab chiqarish infratuzilmasi, sifat menejmenti tizimi, GMP hujjatlari va amaliyotlari, shuningdek risklarni boshqarish va validatsiya jarayonlari Yevro GMP talablari asosida kompleks tarzda baholandi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, har bir korxona uchun mavjud holat bo‘yicha ekspert xulosalari shakllantirilishi, aniqlangan nomuvofiqliklar hamda takomillashtirish talab etiladigan yo‘nalishlar yuzasidan aniq tavsiyalar berilishi, shuningdek Yevro GMP talablariga bosqichma-bosqich moslashishni nazarda tutuvchi individual “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

UZGERMEDPHARM MCHJ QK korxonasiga Farmatsevtika...

UZGERMEDPHARM MCHJ QK korxonasiga Toshkent Farmatsevtika instituti Dorilarning Sanoat Texnologiya...

Ko'proq o'qish

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan...

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan 1-sex faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Jaray...

Ko'proq o'qish

Farmatsevtika tarmog‘ida energiya samaradorligini oshirish...

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan joriy yil da...

Ko'proq o'qish