Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan aholi va soha vakillariga qulaylik yaratish, murojaatlarni tezkor qabul qilish va aniq ma’lumot berish maqsadida farmatsevtika sohasining barcha jabhalarini qamrab olgan Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda fuqarolar dori vositalari va tibbiy buyumlar sifati, litsenziyalash, sertifikatlash, narxlar hamda import-eksport masalalari bo‘yicha yagona raqam - 1833 orqali murojaat qilishlari mumkin.
Call-markazning ish boshlashi - farmatsevtika sohasida ochiqlik, shaffoflik va fuqarolar bilan samarali muloqotni ta’minlashda muhim qadamdir.