• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
10.11.2025 160

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni!

No images found.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi, el-yurtimiz salomatligi posbonlari bo‘lgan barcha shifokor va hamshiralar, soha mutaxassislariga o‘zining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.

Prezidentimiz nutqida zamonaviy tibbiyotni farmatsevtika sohasisiz tasavvur etib bo‘lmasligini ta’kidlab, endilikda ushbu bayramni “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” sifatida nishonlash taklifini ilgari surdi.

Bu tashabbus nafaqat inson sog‘ligi uchun xizmat qilayotgan soha vakillariga berilgan e’tirof, balki ularning fidokorona mehnati, mas’uliyati va insonparvarlik tuyg‘usiga bildirilgan chuqur hurmat ifodasi bo‘ldi.

Darhaqiqat, sog‘lom jamiyat – taraqqiyot va farovonlik poydevori. Tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari esa shu jamiyatning asosiy tayanchi, hayotimiz va kelajagimiz kafolatidir.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek:

Zamonaviy tibbiyotni farmatsevtikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bundan buyon ushbu bayramni “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” deb nishonlasak, o‘ylaymanki, sizlar buni qo‘llab-quvvatlaysizlar!

Bularning barchasi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ko‘proq izlanish, ilg‘or davolash va profilaktika usullarini egallashda katta rag‘bat, kuch-g‘ayrat beradi, deb ishonaman!

Uzgermed Pharm jamoasi barcha tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlarini chin qalbdan tabriklaydi!

Sizlarning bilim, mehr va sadoqatingiz – millatimiz sog‘lom kelajagining asosidir.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

Farmatsevtika sohasida tadbirkorlar bilan ochiq...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab...

Ko'proq o'qish

“Pharma Eurasia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi...

Joriy yil 3 mart kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi...

Ko'proq o'qish

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy...

2026 yil 23 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentlig...

Ko'proq o'qish