• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
25.09.2025 122

Toshkentda “Pharma Uzbekistan va Markaziy Osiyo” – 4-Xalqaro kongress va ko‘rgazma boshlandi

Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image

24–25 sentabr kunlari Hilton Tashkent City mehmonxonasida farmatsevtika sohasida mintaqadagi eng yirik tadbir – 4-yillik xalqaro kongress va ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.

Tadbir Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ko‘magida tashkil etildi.

Kongressda:

300 dan ortiq farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari va texnik direktorlar

Investorlar va yirik loyiha tashabbuskorlari

Uskuna, texnologiya va xizmat yetkazib beruvchi kompaniyalar

Xalqaro ekspertlar va maslahatchilar ishtirok etmoqda.

Kongress mintaqada farmatsevtika sohasidagi yirik investitsiyaviy loyihalarni taqdim etish, yangiliklar, texnologiyalar va innovatsion yechimlarni namoyish qilish, xususiy sektor, davlat organlari va xalqaro investorlar o‘rtasida muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan ahamiyatlidir.

Mazkur tadbir ma’ruzalar, davra suhbatlari, ilg‘or texnologiyalar ko‘rgazmasi, ishbilarmonlik uchrashuvlari va soha yetakchilari uchun yangi imkoniyatlar maydoni bo‘lib xizmat qiladi.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

Farmatsevtika sohasida tadbirkorlar bilan ochiq...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab...

Ko'proq o'qish

“Pharma Eurasia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi...

Joriy yil 3 mart kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi...

Ko'proq o'qish

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy...

2026 yil 23 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentlig...

Ko'proq o'qish