Bolgariya elchixonasining muvaqqat ishlar vakili Stoyana Rusinova Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga tashrif buyurdi2025-yil 15-avgust kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Bolgariya elchixonasining muvaqqat ishlar vakili Stoyana Rusinova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri texnoparki hududiga ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bolgariya tomonidan farmatsevtika sohasida ilmiy-tadqiqot va yangi ishlanmalar bo‘yicha hamkorlikka katta qiziqish bildirildi.
Kelgusida, Bolgariyaning yirik farmatsevtika kompaniyalari bilan uchrashuvlar tashkil etish, shu orqali ikki mamlakat farmatsevtika bozorida hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.