O‘zbekiston va Xitoyning Guoju Medical kompaniyasi Tyanjindagi yuqori darajadagi uchrashuvdan so‘ng mahalliy ishlab chiqarish, investitsiya va texnologik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi A. Azizov boshchiligida Xitoyning Tyanjin shahrida Guoju Medical Technology Co., Ltd. rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida kompaniyaning ilg‘or laboratoriyalari va ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish, investitsiya jalb qilish va texnologik hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzolab, ikki tomonlama sheriklikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.