• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
07.08.2025 145

O‘zbekiston-Xitoy: Farmatsevtika sohasida istiqbolli hamkorlik muzokaralari

Gallery Image
Gallery Image

O‘zbekiston Pekinda Xitoyning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari bilan sarmoya va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Pekin shahrida davom etayotgan xizmat safari doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A. Azizov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan bir qator muhim uchrashuvlar amalga oshirildi.

Tashrif doirasida Xitoy Savdo palatasi (China Chamber of International Commerce) vitse-prezidenti Van Maochun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-investitsiyaviy aloqalar, jumladan farmatsevtika sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: Xitoy Savdo palatasi — 1988 yilda tashkil etilgan milliy darajadagi tashkilot bo‘lib, Xitoy va xalqaro biznes subyektlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Keyingi uchrashuv China Resources Pharmaceutical Group rahbariyati bilan bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘iga investitsiyalar kiritish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, soliq va bojxona imtiyozlari hamda Tashkent Pharma Park loyihasi doirasidagi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdilar.

Ma’lumot uchun: China Resources Pharmaceutical Group – 70 mingdan ziyod xodimga ega, 560 dan ortiq turdagi biofarmatsevtik preparatlar, vitaminlar va kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Shuningdek, UnicornShell (UnicornCaps) kompaniyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida Tashkent Pharma Parkda investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va davlat tomonidan investorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tanishtirildi. Hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator yo‘nalishlar muhokama qilindi.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

Farmatsevtika sohasida tadbirkorlar bilan ochiq...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab...

Ko'proq o'qish

“Pharma Eurasia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi...

Joriy yil 3 mart kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi...

Ko'proq o'qish

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy...

2026 yil 23 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentlig...

Ko'proq o'qish