• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
20.05.2025 278

Oʻzbekiston – Vengriya: Farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorlik

Gallery Image
Gallery Image

Budapeshtda farmatsevtika va investitsiyalar muhokama qilindi.

 

Joriy yilning 19 may kuni Vengriyaning Budapesht shahrida xizmat safarida boʻlib turgan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “Gedeon Richter” va “MEDITOP Pharmaceutical” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Uchrashuvlar davomida Oʻzbekistonda talab yuqori boʻlgan dori vositalarini investitsiya kiritish orqali va shartnoma asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bu yoʻnalishda amaliy harakatlar rejasi belgilab olindi.

Shu bilan birga, investitsiya loyihalari doirasida mahalliylashtirish jarayonlarida davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari, “Hayotiy zarur dori vositalari” roʻyxatini shakllantirishda jahon tajribasini inobatga olish hamda mahalliylashtirishning iqtisodiy samaradorligi yuzasidan hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.

Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

UZGERMEDPHARM MCHJ QK korxonasiga Farmatsevtika...

UZGERMEDPHARM MCHJ QK korxonasiga Toshkent Farmatsevtika instituti Dorilarning Sanoat Texnologiya...

Ko'proq o'qish

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan...

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan 1-sex faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Jaray...

Ko'proq o'qish

Farmatsevtika tarmog‘ida energiya samaradorligini oshirish...

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan joriy yil da...

Ko'proq o'qish