• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
24.07.2025 181

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv

Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yu Tsyun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar farmatsevtika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbat chog‘ida Xitoy tomoni ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning strategik ahamiyatini ta’kidlab, ilmiy-tadqiqot sohasida, faol farmatsevtik substansiyalar (API) ishlab chiqarish, an’anaviy dorilar yaratish, shuningdek, biznes va assotsiatsiyalar vakillarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishda hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Agentlik direktori o‘z navbatida, “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri loyihasining imkoniyatlari, jumladan, erkin iqtisodiy zonalar rejimi, soliq va bojxona imtiyozlari, mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, MDH va Yevropa Ittifoqi bozorlariga chiqish bo‘yicha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tomonlar Xitoy farmatsevtika kompaniyalari va O‘zbekiston farmatsevtika klasteri o‘rtasida muloqotni davom ettirish, axborot almashish va potensial hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

UZGERMEDPHARM MCHJ QK korxonasiga Farmatsevtika...

UZGERMEDPHARM MCHJ QK korxonasiga Toshkent Farmatsevtika instituti Dorilarning Sanoat Texnologiya...

Ko'proq o'qish

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan...

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan 1-sex faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Jaray...

Ko'proq o'qish

Farmatsevtika tarmog‘ida energiya samaradorligini oshirish...

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan joriy yil da...

Ko'proq o'qish