• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
02.06.2025 234

Mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv

Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan ochiq muloqotda referent narx tizimidagi o‘zgarishlar va ularning amaliy ta’siri muhokama qilindi.

Bugun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi binosida Agentlik direktori Abdulla Azizov, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktor o‘rinbosari Shoyadbek Vasiyev hamda turkiyalik ekspert Hasan Bagji ishtirokida mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Referent narx shakllantirish tizimi doirasida retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgarishlar muhokama qilindi. Tadbir davomida ishlab chiqaruvchilarga mazkur o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati, ularning amaliy ta’siri hamda tartibni tatbiq etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilish ochiq muloqot ruhida o‘tdi va ishtirokchilar tomonidan bildirgan taklif va mulohazalar qayd etildi. Mazkur uchrashuv mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini samarali tashkil etish hamda tartibni amaliyotga tatbiq etishda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

UZGERMEDPHARM MCHJ QK korxonasiga Farmatsevtika...

UZGERMEDPHARM MCHJ QK korxonasiga Toshkent Farmatsevtika instituti Dorilarning Sanoat Texnologiya...

Ko'proq o'qish

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan...

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan 1-sex faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Jaray...

Ko'proq o'qish

Farmatsevtika tarmog‘ida energiya samaradorligini oshirish...

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan joriy yil da...

Ko'proq o'qish